Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarib qolindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 17-oktabr kuni soat 11:44 da “Birlik” mahallasidagi novvoyxonalardan birida sodir bo‘lgan. Shu vaqtda FVBga xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sog‘-salomat olib chiqqan.

Shundan so‘ng u malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, deyiladi FVV xabarida.