“O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi lavozimiga Kadirov Sharafiddin Taxirovich tayinlandi. U bungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidagi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti bosh direktori edi. Buni tashkilot matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.
Kadirov shu vaqtgacha kompaniyaning bosh muhandisi lavozimida ishlagan Xusnutdin Xosilovning o‘rnini egalladi.
Avvalroq, Husnutdin Xosilov o‘z arizasiga binoan ishdan ketgani xabar qilindi. Shuningdek, u o‘tgan yili kompaniya raisi lavozimida ishlagan vaqtida tizimda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani ortidan ishdan olingandi.