Toshkentda “San'at va dunyo” Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida Yevrosiyo fotorassomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda, o‘zbekistonlik fotosuratchilar bilan bir qatorda, Bangladesh, Serbiya, Shvetsiya, Vengriya, Italiya, Litva, Eron, Isroil va Ozarbayjon kabi mamlakatlarning ijodkorlari ishlari namoyish etildi.
Namoyish etilgan fotosuratlar insonning jamiyatdagi o‘rni, jamiyatga munosabati, ularning o‘zaro uyg‘unligi mavzularida bo‘lib, ular fotosan’atning turli shakl va ko‘rinishlarida ifodalangan. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotolavhalar taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi “ijodiy ongni erkinlashtirish, ijodiy izlanish sohasida plyuralizmni namoyon etish,. globallashuv davrida mahalliy an’analarning yo‘qolib borayotganini ko‘rsatishga” yo‘naltirilgan. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tadbir konsepsiyasi “ko‘p madaniyatli turmush tarzini zamonaviy san’at prizmasi orqali namoyish etishga bag‘ishlangan”.