Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 20-oktabrga kelib kechasi +10…+12 darajani, kunduz kuni +25…+28 darajani tashkil etadi.
Faqat 19-oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20-oktabrda esa yomg‘ir Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘adi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 19-oktabrda kechasi +6…+8, kunduzi +23…+25, 20-oktabrda kechasi +9…+11, kunduzi +25…+27 daraja bo‘ladi.