Usmon Ulfatovich Sharifxodjayev prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi, deya xabar bermoqda maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

U 2023-yildan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. 18-oktabr kuni vazirlikda Sharifxodjayevni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

vaзир o‘rinbosari, ижтимоий himoya milliy agentligi, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, тайинлов, усмон шарифходжаев

Usmon Sharifxodjayev 1986-yil 9-iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2007-yilda Toshkent moliya instituti va 2011-yilda Xalqaro Vestministr universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati boshida Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarda ishlagan.

2016−2017-yillarda sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, 2017-yilda Prezident devoni Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari xizmati ilm-fan masalalari bo‘yicha bosh konsultanti, 2017−2018-yillarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va 2018−2020-yillarda Prezident administratsiyasi yoshlar, fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘linmasi ta’lim shu’basi mudiri bo‘lgan.

2020−2023-yillarda xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.