Korxonaning asosiy mahsulotlari nitril-butadien asosidagi ko‘pikli kauchukdan tayyorlangan issiqlik izolyatsion materiallar va havo o‘tkazgichlari uchun ventilyatsiya materiallari bo‘lib, ular suv ta’minoti, isitish, konditsionerlik va ventilyatsiya tizimlarida, shuningdek, sovitish moslamalarida keng qo‘llanadi. Ushbu materiallar past issiqlik o‘tkazuvchanligi, yuqori moslashuvchanligi va kondensatsiya va korroziyaga qarshi himoyasi bilan ajralib turadi.
Kompaniya, shuningdek, ventilyatsiya uskunalari, jumladan, ventilyatorlar va konditsionerlarning keng assortimentini taklif etadi. Ushbu qurilmalar binolarda qulay mikroiqlimni yaratish va shamollatish tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash uchun zarur. Shamollatish xona ichidagi toza havo, samarali havo aylanishi va haroratni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi, bu, ayniqsa, yopiq joylarda yashovchi yoki ishlaydigan odamlarning salomatligi va qulayligi uchun muhim hisoblanadi.
Izolyatsiya va ventilyatsiya materiallaridan tashqari, World Shakers ventilyatsiya tizimlari va quvurlarni to‘liq o‘rnatish uchun komponentlarni, shu jumladan, flans profillari, flans uchun burchaklar va zajimlarni (klips) ham taklif qiladi.
Kompaniya uzoq muddatli hamkorlikni qadrlaydi va har bir mijozga individual yondashuvni taklif etadi, ularning ehtiyojlari va budjetiga muvofiq optimal yechimlarni tanlashga yordam beradi. World Shakers o‘z mahsulotlarini doimiy ravishda takomillashtirishga intiladi.
World Shakers mahsulotlari va xizmatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun ko‘ng‘iroq qilish, elektron pochta yoki Telegram orqali xabar yuborish mumkin.
Telefonlar: (+998) 95-944-20-02, (+998) 95-136-07-09.
Manzil: Yakkasaroy t-ni, Qushbegi k-si, 18.
E-mail: worldshakers@mail.ru
Telegram: t.me/worldshakers
Reklama huquqlari asosida.