Moskva tuman sudi yangi tug‘ilgan chaqaloqning vafotiga sababchi bo‘lgan 24 yoshli enagani qamoqqa oldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. U ikki oyga vaqtincha qamoqqa olingan. Sud majlisi yopiq tarzda bo‘lib o‘tgan.
Ayol rus tilini yaxshi bilmasligi sababli butun majlis davomida unga tarjimon yordam berib turgan. Gumonlanuvchi ilgari sudlanmagan, oilali, bir nafar farzandi bor.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 15-oktabr kuni ota-ona yarim yoshli o‘g‘lini Lensovet ko‘chasidagi xonadonda enagaga qoldirgan. Cho‘miltirish paytida enaga chaqaloqni qo‘lidan tushirib yuborgan va bola boshi bilan vannaga urilib ketgan.
Enaga tez yordam chaqirgan, ammo shifoxonaga klinik o‘lim holatida yetkazilgan bolani shifokorlar qutqara olmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojia sababi bosh miya jarohati va bosh suyagining sinishi bo‘lgan.
Dastlab enaga bolaning harorati ko‘tarilganini va unga dori berganini aytgan. Hozirda tergov organlari ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal qilmoqda. Tergov davom etmoqda.