Siyosat
Chexiya TIV rahbari maqolasi: “Hamkorligimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bizda hamma narsa bor”
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy Toshkentga tashrifi munosabati bilan, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qarashlarini o‘rtoqlashdi. U Chexiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalar, xususan, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan viza rejimi joriy etishni taklif qildi
RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekistondan keladiganlar uchun viza rejimi joriy etish kerakligini aytdi. Deputatning bunday fikrga kelishiga bosh konsulxonaning o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka targ‘ib qilgani sabab bo‘lgan.
TIV rahbari Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
Tamer Fathi Abdussalam Hammad Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 23-oktabr kuni chaqiriladi
Senatning 59-yalpi majlisi chorshanba kuni chaqiriladi. Unda telekommunikatsiya, ipakchilik, Qurolli kuchlar, soliq, bojxona sohalariga doir kodeks va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilinadi.
Iqtisodiyot
Raqamli texnologiyalar vazirligiga 50 mln dollar miqdorida foizsiz kredit ajratiladi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligiga 5 yil muddatga 50 million AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilishini ta’minlaydi.
Antikorrupsiya agentligi 4 vazirlikning 160 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi
Ekologiya, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklarining 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejalashtirilmoqda, prezident ushbu sonni ko‘paytirishni buyurdi
O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, — dedi prezident.
O‘zbekiston gaz eksportini ko‘paytirmoqda, import ham o‘sib, qazib olish kamaymoqda
O‘zbekistonga gaz importi yanvar-sentabr oralig‘ida 1,28 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil to‘qqiz oyidagi ko‘rsatkichdan 3,6 barobar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 479,5 mln dollarga (+16,5 foiz), sentabr uchun esa (bir yil avvalgidan) 2,2 baravar oshdi.
O‘zbekistonda gaz qazib olish qisqarishi davom etmoqda, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi
Sentabrda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi pasayishda davom etdi va 3,55 mlrd kub metrgacha kamaydi (2023-yil sentabriga nisbatan -5,8 foiz). Benzin ishlab chiqarish hajmi 99,2 ming tonnagacha (-11,1 foiz), dizelniki esa 72 ming tonnagacha (-5,5 foiz) pasaydi.
Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi
Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘im va to‘lovlar jami taxminan 99 dollarga (6,5 ming afg‘oni miqdorida) kamaytirildi. Bunda yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.
Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
O‘zbekistonda 21−27-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
O‘zbekiston joriy haftaning ish kunlarida nam havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, ammo bu havo oqimlari havo haroratini keskin sovitib yubormaydi. Dam olish kunlariga kelib havo harorati biroz ko‘tarilishi ham kutilmoqda. Umuman, hafta davomida bulutli va xazonrezgili haqiqiy kuz havosiga guvohi bo‘lish mumkin.
O‘zbekchasi yo‘q taomnoma, ish rejimi va narxnomalardagi kamchiliklar. Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar murojaati bo‘yicha respublikadagi 700 taga yaqin restoran, kafe, oshxona va bufetlarni o‘rgandi. Ularning ko‘pida taomlar haqida to‘g‘ri ma’lumot berilmagani aniqlandi. 500 dan ortiq joylarda taomnoma o‘zbek tilida yuritilmagan. Yana ko‘pchiligida ish rejimi, narxnomalar yo‘q.
Hafta davomida yomg‘ir yog‘adi
O‘zbekistonda 21−25-oktabr kunlari yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Seshanba kuni ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15 darajagacha pasayadi. Hafta o‘rtasida harorat kechasi +5 darajagacha tushadi. Respublikada eng jadal yomg‘irlar 25-oktabr kuni kutilmoqda, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
O‘zbekistonda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi. Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari ochiq tanlov asosida tanlanadi.
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat to‘liq modernizatsiya qilinadi. Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor ham o‘rnatiladi.
“Kelajakda hamma soha atrof-muhit bilan hamohang holda rivojlanadi” — prezident
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari nutqi davomida kelajakda barcha sohalar ekologiya bilan hamohanglikda rivojlanishini ma’lum qildi.
“Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan”. Shavkat Mirziyoyev — “Yashil makon” loyihasi haqida
O‘zbekistonda yashillik darajasi 12 foizga yetdi. 2024-yil bahor mavsumida 138 mln dona ko‘chat ekildi. Prezident unda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. “Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab daraxt ko‘karmagan”, dedi u. Bosh prokuraturaga nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Foto: Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmadan reportaj
Toshkent hayvonot bog‘i ochilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan Fotosuratlar uyida “Tarix obyektivda” nomli ko‘rgazma uyushtirildi. Namoyishga qo‘yilgan 100 dan ortiq suratlar orqali poytaxt zooparkining ko‘rinishi va uning “aholisi” tarkibi bir asr ichida qanchalik o‘zgarganini ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Davlat tili butun jamiyatni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayram bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur”, — dedi prezident.
“Ulardan xabar olyapmiz” — SSV rahbari “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam haqida
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudyarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytdi. Ayni vaqtda, u jurnalistlardan bolasini davolashda yordam ololmayotgan ota-onalarning e’tirozlariga doir ma’lumotlarni shaxsan taqdim etishni so‘radi.
Farg‘onada Cobalt Damas bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida haydovchi Cobalt`da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, oldinda kelayotgan Damas bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida Damas`da ketayotgan er-xotin vafot etdi. Cobalt haydovchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toshkent hokimlari drenaj masalasini tepasida turib o‘zi hal qiladi — prezident
Prezident Toshkent shahri dneraj tizimi ishiga e’tiroz bildirdi va hokimlar drenaj, yashillik, obodonlashtirish masalalarini tepasida turib o‘zi hal qilishi shartligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, suvni havzalarda to‘plash tizimi yaratilishi va u daraxtlarni sug‘orishga ishlatilishi kerak.
Jahon
Rossiyada chaqaloqning o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi
Rossiyada yarim yoshli chaqaloqning o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vaqtincha hibsga olindi. U chaqaloqni cho‘miltirish vaqtida qo‘lida tushirib yuborgani taxmin qilinmoqda.
Turkiyalik sobiq imom Fathulloh Gulen vafot etdi
AQShda yashagan turkiyalik sobiq imom, “Xizmat” jamoatchilik harakati asoschisi Fathulloh Gulen 83 yoshida vafot etdi. Turkiya hukumati uni 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblab kelar edi, uning o‘zi esa ayblovlarni rad etib kelgan.
Moldovada prezidentlik saylovlarida Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda
Moldova prezidentlik saylovlarida nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz ololmadi. Endi amaldagi prezident Mayya Sandu va mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo saylovlarning ikkinchi turida o‘zaro kurashadi. Yevrointegratsiya bo‘yicha referendumda ovozlar deyarli teng taqsimlandi.
Kubada masshtabli blekaut davom etmoqda, butun mamlakat elektrsiz qoldi
Kuba aholisi yirik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng to‘rtinchi kundirki elektr ta’minotisiz qolmoqda. Hozircha IES faoliyatini tiklashning imkoni bo‘lmadi. Gavanada odamlar norozilik sifatida ko‘chalarga chiqa boshladi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!