Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammadni qabul qildi va unga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

U Telegram kanalidagi postida diplomatga “O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat” tiladi.

Misrning Toshkentdagi avvalgi elchisi Amira Fahmiy edi. U sentabr oyida o‘z missiyasini yakunlagan.