Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident tanishgan loyihalar taqdimotida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilgan.

Loyihalar natijasida yiliga 4,7 million tonnadan ortiq chiqindi yoqilib, 2 milliard 100 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 97 million AQSh dollari qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi.

Loyihalar 2025−2027-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.