Siyosat
Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.
Iqtisodiyot
“Davlat o‘yinchi emas, hakam” — Nobel sovrindori, iqtisodchi Jan Tirol
Fransiyalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni, xususiylashtirish, monopoliyalar qayerdan paydo bo‘lishi, ularga qarshi kurash haqidagi savollarga javob berdi. “Davlat sanoat o‘yinidagi futbolchi emas, hakamdir”, — dedi Tiro l
Bojxonachilar yil boshidan buyon 888 kg giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘ydi
2024-yilning 9 oyi davomida bojxona organlari xodimlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolindi.
O‘zbekiston yana $806 mln lik oltin eksport qildi, tekstil eksporti qisqarib, meva-sabzavotniki o‘smoqda
Sentabrda O‘zbekiston 806,1 mln dollarlik oltin eksport qildi. To‘qimachilik eksporti pasayishda davom etmoqda, meva va sabzavotlar yetkazib berish esa keskin oshdi. Mamlakatga gaz va neft mahsulotlarini katta hajmda import qilish ham davom etmoqda. Turizm iqtisodiyotga 2,4 mlrd dollar hissa qo‘shdi.
Jamiyat
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi o‘lik holda topildi
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi — jurnalist Inessa Papernaya va uning do‘sti hamda O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topilgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ular noma’lum etiologiyali zaharlanishdan vafot etgan.
Oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi.
Qashqadaryoda 7 yoshli qizga o‘gay otasi jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda
Qarshi shahrida “102"ga telefon qilgan ayol u bilan 3 yildan beri birga yashayotgan erkak uning 7 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani haqida shikoyat qilgan. Ijtimoiy tarmoqda qizaloqning holat haqida kimgadir aytsa, erkak uni o‘ldiraman, deya qo‘rqitganini yig‘lab aytib bergan videosi tarqaldi.
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi. Qurbonlar bor
Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yubordi. Oqibatda haydovchi va piyodalar vafot etdi. Video.
Toshkentdan Xanchjouga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Uzbekistan Airways 17-noyabrdan Toshkent−Xanchjou yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln so‘mdan boshlanadi.
Samarqand viloyatidagi uyda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi
Qo‘shrabot tumanida gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning o‘g‘li hamda qizi vafot etdi. Portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Keyingi parlamentga kiritamiz” — AOKA direktori jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanishi haqida
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Asadjon Xodjayevga ko‘ra, dastlabki tergov va surishtiruv ishlarini bajarish kabi qator vakolatlarni AOKAga berish taklif etilmoqda.
“Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lgan bolaning otasi SSV rahbari jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot berganini aytdi
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytgandi. Farzandi “Dok-1 Maks"dan zaharlangan fuqaroning aytishicha, vazir jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot bergan.
“Doim ham obyektiv emas” — AOKA direktori O‘zbekistondagi matbuot erkinligini baholaydigan xorijiy tashkilotlar haqida
Asadjon Xodjayevga ko‘ra, matbuot erkinligini baholaydigan xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tashqaridan turib, chop etilgan turli materiallar orqali o‘z fikrini shakllantiradi. Ular so‘rovnoma va o‘rganishlarini O‘zbekiston ichida tatbiq etish uchun mamlakatga taklif etilgan, ammo ular rozilik bildirmagan.
“Mahalla yettiligi” kambag‘al oilalar va yolg‘iz keksalar xonadonlariga daraxt ekadi
O‘zbekistonda “Mahalla yettiligi” “Yashil makon” loyihasi doirasida har bir mahalladagi kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz keksalarga mevali daraxt ko‘chatlari tarqatadi. Maktab, oliygoh, shifoxonalar, yo‘l bo‘ylari va boshqa joylarda ham ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.
Samarqanddagi uyda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida kvartiralardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura gaz ta’minoti bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Sport
Kanoechi Shohmurod Holmurodov doping sabab 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodov 2024-yilda aniqlangan doping tufayli 3 yil musobaqalarda qatnashmaydi. Ayni shu sabab u yozda O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi. Sportchi bungacha 2023-yildagi Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqqandi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!