Prezident qaroriga muvofiq, Olimjon Abdullayev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘ldi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Abdullayev ko‘p yillar davomida vazirlik tizimida ishlagan. Hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan (2021−2024-yillar).
Iyul oyida “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov ham tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallagan.