Mart oyidan buyon O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan Oybek Shaxavdinov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Xorvatiyadagi elchisi bo‘ldi.

23-oktabr kuni u Zagrebda Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol departamenti boshlig‘i Mirta Yelens Jupanga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Telegram kanali.

Ikki tomonlama munosabatlar tarixida bu O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi hisoblanadi (qarorgohi Budapeshtda).

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasida turli sohalar, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mirte Elens Jupan Oybek Shaxavdinovga muvaffaqiyatli faoliyat tiladi va O‘zbekiston elchisi etib tayinlanishi ikki tomonlama munosabatlar rivojida yangi bosqich bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapeshtda joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi ham hisoblanadi. Bungacha O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Avstriyadagi elchi ham bo‘lgan. Oybek Shaxavdinov undan avval TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.