23-25-oktabr kunlari Central Asian Expo ko‘rgazma markazi barcha avtomobil ishqibozlari uchun o‘z eshiklarini ochadi. Boy meros va zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan afsonaviy MG kompaniyasi Britaniya uslubini o‘zida mujassam etgan flagman modellari bilan tanishtirish maqsadida Tashkent International Auto Show (TIAS) stendiga tashrif buyurishga taklif etadi.
Ko‘rgazmada MG har qanday didga mos modellarni, jumladan, mashhur Cyberster rodsteri, 7 sport liftbeki va qulay HS va ZS krossoverlarini taqdim etadi. Ushbu avtomobillar nafislik va ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lib, bu brendga hatto eng talabchan haydovchilarni ham qoniqtirishga imkon beradi. MG sport ruhiyatining ramzi bo‘lgan ZS modeli kuchli dvigateli va zamonaviy dizayni tufayli butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar taqdim etilgan avtomobillarni nafaqat ko‘rishi, balki shaxsan sinovdan o‘tkazishi ham mumkin.
Bundan tashqari, MG unutilmas shou va’da qilmoqda. Ilg‘or avtomobillar bilan tanishishdan tashqari, mehmonlarni interaktiv ko‘ngilochar tadbirlar, foto-zonalar va Britaniya avtomobil hashamati muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyati kutmoqda.
"Biz TIAS ko‘rgazmasida ishtirok etishdan va eng so‘nggi modellarimizni keng jamoatchilikka taqdim etishdan juda xursandmiz. Ishonchimiz komilki, avtomobillarimiz O‘zbekiston aholisida unutilmas taassurot qoldiradi. Bu MG sifati va uslubini shaxsan baholash, shuningdek, mutaxassislarimiz bilan tanishish va batafsil maslahat olish uchun mukammal imkoniyatdir" – dedi MG Motor kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Konstantin Valixovskiy.
MG stendiga tashrif buyurib, TIAS ko‘rgazmasida avtomobil san’atining o‘ziga xos muhitidan bahramand bo‘lish mumkin.
MG avtomobillarini yig‘ish Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan SAIC Motor zavodida amalga oshirilmoqda, u ketma-ket 18 yildan ortiq vaqt davomida Xitoyda ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori o‘rinni saqlab kelmoqda. SAIC Motor xalqaro ishlab chiqarish sifati standartiga javob beradigan dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchilaridan biri hisoblanadi.
Telefon: (+998) 55-514-88-88.
Sayt: mg-motor.uz
Reklama huquqlari asosida.