22-oktabr kuni Termiz davlat universitetida BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan Termiz yoshlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi BMT Taraqqiyot dasturi matbuot xizmati.

Tadbirda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Hatori va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii ishtirok etdi.

bmttd, termiz, yaponiya

Markaz axborot texnologiyalari, tadbirkorlik va chet tillarini o‘rganish yo‘nalishlarida yoshlarni kasbiy tayyorlashda ko‘mak ko‘rsatadi. Loyiha ta’lim va bandlik zrtasidagi tafovutni bartaraf etishga qaratilgan, deb ta’kidladi BMTTD.

Termiz shahridagi Yoshlar markazi BMT Taraqqiyot dasturining yoshlar to‘liq salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturini qo‘llab-quvvatlovchi muhim tashabbuslaridan biridir, deyiladi xabarda.