23-oktabr kuni Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

briks, prezident, rajab toyyib erdog‘an, turkiya

Prezidentlar, shuningdek, faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etdi.

Tomonlar geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.

briks, prezident, rajab toyyib erdog‘an, turkiya

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish hamda BRIKS sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etish uchun Rossiyaning Qozon shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston rahbari Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan ham muloqot o‘tkazdi. Ular texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika kabi sohalarda hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.

24-oktabr kuni “BRIKS plyus” formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.