21-oktabr kuni Vetnam Milliy yig‘ilishi (parlamenti) armiya generali Liong Kiongni 2026-yilgacha bo‘lgan muddatga mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi, deya xabar beradi Thanh Niên.

Kiong avgust oyida Vetnam Kommunistik partiyasining bosh kotibi etib saylangan va prezidentlikdan iste’foga chiqqan To Lamning o‘rnini egalladi.

67 yoshli Kiongni davlat rahbari etib saylash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani yig‘ilishda qatnashgan barcha 440 deputat qo‘llab-quvvatladi.

Kiong inauguratsiya marosimidagi nutqida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga va ko‘p tomonlama tashqi siyosat olib borishga va’da berdi.