Andijon viloyati prokurori lavozimiga Murodullo Togayevich Abduhakimov tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyatning avvalgi prokurori Marufxon Xodjayev iyul oyida “Hududgazta’minot” AJ rahbari bo‘lgandi.

Murodullo Abduhakimov 1981-yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.

Tayinlovga qadar u (2020-yildan buyon) Bosh prokuraturaning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.