Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish statistikasini e’lon qildi.
Xabarga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston bo‘ylab 1 million 15 ming 948 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.
Farg‘ona viloyati (219 ming 455 nafar), Samarqand viloyati (181 ming 925 nafar) va Qashqadaryo viloyati (153 ming 365 nafar) eng ko‘p muddatidan oldin ovoz berilgan hududlar bo‘lgan.
MSK tomonidan e’lon qilingan infografikada Xorazm (6 ming 56 nafar) va Jizzax (6 ming 993 nafar) viloyatlari eng kam ovoz berilgan hududlar sifatida qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmagan saylovchilar 16−23-oktabr kunlari muddatidan oldin ovoz berishi mumkinligi belgilangandi. Bunda ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa soat 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etgan.