27-oktabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu so‘nggi bir yarim yil ichida — 2023-yil aprelida bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendum va iyuldagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlaridan keyin sodir bo‘lgan uchinchi yirik siyosiy voqeadir.
Bu yilgi saylovoldi aksiyalarda ilgari kuzatilmagan bir qator yangiliklar bo‘ldi. Bunga ko‘cha ustunlari va yashil maydonlardagi bannerlar, bayroqlar va tutunli bombalar yurishi, velosiped karvonlari va boshqalarni misol keltirish mumkin. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Dilyaver Ablyakimov saylovdan bir necha kun avval poytaxtni kezib, saylovga bog‘liq suratlarni kadrga muhrladi.