Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi ilk elchisi bo‘ldi. 24-oktabr kuni Lyublyana shahrida u Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligida diplomatik protokol boshqarmasi boshlig‘i Natasha Praxga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Oybek Shaxovdinov mart oyida O‘zbekistonning Vengriyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan bo‘lib, qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan. Yaqinda esa u O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi etib ham tayinlangandi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.