Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda inflyatsiyani hisobga olmaganda o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi yillik ko‘rsatkichda (2023-yilning yanvar-sentabriga nisbatan) 16,4 foizga — 4,42 million so‘mdan 5,15 million so‘mga o‘sdi, deyiladi prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida.

O‘sish avvalgi yillarga nisbatan sekinlashdi. Taqqoslash uchun: o‘tgan yilning to‘qqiz oyida nominal ish haqi (2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan) 18,5 foizga oshgan, 2022-yilning ushbu davrida o‘sish 25,4 foizni tashkil etgandi.

Bu davrda inflyatsiya 10,46 foizni tashkil etdi.

Nominal hisoblangan ish haqi yuridik shaxslarning (qishloq xo‘jaligi korxonalari va kichik biznes subyektlari bundan mustasno) ma’lumotlari asosida hisoblanadi. O‘rtacha ish haqini aniqlash uchun mehnat daftarchalari bo‘lgan ishchilarning daromadlari, shuningdek, shaxsiy daromad solig‘i va kasaba uyushma jamg‘armasiga badallar to‘langan holda ularga beriladigan nafaqalar, ish haqi, rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari hisobga olinadi.

o‘rtacha ish haqi

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha nominal ish haqi Toshkent shahrida saqlanib qoldi, u yillik ko‘rsatkichda 20,1 foizga (2023-yil yanvar-sentabridagi 20,2 foizga nisbatan) — 7,19 million so‘mdan 8,68 million so‘mgacha o‘sdi.

Keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati — 5,7 milliondan 6,6 million so‘mga (16% ga nisbatan +14,6%), Toshkent viloyati — 4,4 milliondan 4,95 million so‘mga (16,2% ga nisbatan +12%), Andijon — 3,85 milliondan 4,46 million so‘mga (18,7% ga nisbatan +16,2%) va Buxoro viloyatida — 3,78 milliondan 4,2 million so‘mgacha (+18,3% ga nisbatan +10,6%).

Qashqadaryo viloyati oxirgi o‘rinda — 3,2 milliondan 3,63 million so‘mgacha (+11,9% ga nisbatan +11,2%).

o‘rtacha ish haqi

Ish haqining o‘sish sur’ati o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan faqat Sirdaryo viloyatida yuqori bo‘ldi — 3,53 million so‘mgacha (13,8% ga nisbatan 15,1%).

Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi farqi kengayishda davom etmoqda. Xususan, eng yuqori (Toshkent) va eng past (Qashqadaryo) ish haqi o‘rtasidagi farq 2,24 barobardan 2,39 barobarga oshdi. 2023-yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2,25 barobar, 2022-yilda — 2,18 barobar, 2021-yilda — 2,06 barobar, 2020-yilda esa 1,97 barobarni tashkil qilgan.

o‘rtacha ish haqi

Faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi bank, moliya va sug‘urta sohalarida saqlanib qolmoqda, garchi o‘sish sur’ati pasaygan bo‘lsa-da (30,2 foizdan 13,1 foizga) ular bir yil davomida 12,8 million so‘mdan 14,49 million so‘mgacha o‘sdi. Axborot va kommunikatsiyalar sohasi 23,7 foizga — 10,3 million so‘mdan 12,8 million so‘mga (2023-yil yanvar-sentabrida o‘sish 43,7 foizni tashkil etgandi), tashish va saqlash sohasi — 8,07 million so‘mga (37,4 foizga nisbatan 20,7 foiz), sanoat — 6,29 million so‘mga (16,4 foizga nisbatan 14,8 foiz) oshdi.

Savdo ish haqi bo‘yicha qurilish sektorini ortda qoldirdi — 6,04 mln (+25%) 5,7 mln so‘m (+10,7%).

Eng past o‘rtacha oylik ish haqi hamon sog‘liqni saqlash sohasida — 2,92 million so‘mdan 3,3 million so‘mgacha (o‘tgan yilgi 16,4 foizga nisbatan 12,9 foizga o‘sish) va ta’lim sohasida — 3,05 million so‘mdan 3,48 million so‘mgacha (17 foizga nisbatan +14,3 foiz) saqlanib qolmoqda. O‘qituvchilar va shifokorlar ish haqining o‘sish sur’ati ham biroz sekinlashdi, shu sababli bu sohalarda ish haqi va respublika darajasi o‘rtasidagi tafovut ortdi.

o‘rtacha ish haqi

Xususan, agar 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida ta’lim sohasida ish haqi respublika darajasidan 30,3 foiz punktiga past bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilning to‘qqiz oyi yakuni bo‘yicha bu farq 32,4 f.p. ga oshdi. Sog‘liqni saqlash sohasida esa 32,7 dan 35,9 f.p. gacha o‘sdi.