Adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Bekovich Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Tayinlov bosh prokurorning buyrug‘iga asosan amalga oshirildi.
Baxtiyar Babadjanov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Avvalroq Andijon viloyati prokurori etib Murodullo Abduhakimov tayinlangan edi.