O‘zbekistonning 40 ta davlatdagi diplomatik vakolatxonalari o‘zbekistonliklarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi uchun saylovda ovoz berishi uchun 57 ta saylov uchastkasini tashkilladi. Eng ko‘p saylov uchastkalari — 7 tasi Rossiyada joylashgan.
O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi elchixonalari huzuridagi saylov uchastkalari birinchi bo‘lib Toshkent vaqti bilan soat 4:00 da ochildi. O‘zbekistonning Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Ukraina, Isroil, Polsha, Litva, Shvetsiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQShdagi elchixonalari va konsulliklari ovoz berish jarayonidan olingan suratlarni “Gazeta.uz” bilan ulashdi. Avvalroq Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan olingan fotosuratlarni e’lon qilgandik.
Seul, Janubiy Koreya
Tokio, Yaponiya
Bryussel, Belgiya
Kiyev, Ukraina
Stokgolm, Shvetsiya
Vilnyus, Litva
Varshava, Polsha
Berlin, Germaniya
Parij, Fransiya
London, Buyuk Britaniya
Tel-Aviv, Isroil
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi politsiya xodimlariga palov tarqatdi.
Anqara, Turkiya
Anqara shahrida yashovchi o‘zbekistonlik fuqarolar uchun O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish kuni vatandoshlar bilan muloqot qilish, o‘z Vatanini yodga olish imkoniyatiga aylandi. Kelganlarga osh va somsa tortildi. Qo‘llarida O‘zbekiston bayroqlari ko‘targan saylovchilar O‘zbekiston haqidagi qo‘shiqlar kuylashdi. Ko‘proq suratlar va ma’lumot bu yerda.