Yakshanba kuni o‘tkazilayotgan deputatlik saylovida qamoqda va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 40 468 kishi ishtirok etadi.
Bu haqda Toshkentdagi matbuot anjumanida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ma’lum qildi.
Uning aytishicha, qamoqda saqlash va jazoni ijro etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yangilangan Konstitutsiya og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qamoq jazosini o‘tayotgan, shuningdek, muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga saylovlarda ovoz berishni ko‘zda tutadi. Ushbu fuqarolarning ovoz berish huquqi faqat sud qarori bilan cheklanishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti davrida deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari jazoni ijro etish joylarida 100 dan ortiq tadbir o‘tkazishgan.