O‘zbekistonda 27-oktabr, yakshanba kuni 11 ming 28 ta saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlik saylovlari boshlandi. Unda mamlakatdagi 5 ta siyosiy partiya rahbarlari ham ishtirok etdi.

Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 427-saylov uchastkasida ovoz berdi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov ovoz berish uchun 116-saylov uchastkasiga bordi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, deputat, Spiker o‘rinbosari Aktam Haitov Yunusobod tumanidagi 520-saylov uchastkasida bo‘ldi.

partiyaлар, saylov-2024

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 21-saylov uchastkasida “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

Ekologiya partiyasi raisi Abdushukur Hamzayev saylovda ovoz berish uchun poytaxtning Olmazor tumaniga bordi.