O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida ovoz berdi.

U oila a’zolari bilan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi 59-saylov uchastkasida bo‘ldi.