O‘zbekistonda o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida davomat soat 15:00 holatiga ko‘ra 71,52 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Baxrom Kuchkarov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 17:00 gacha 19 944 859 nafar saylovchidan 14 264 994 nafari ovoz berishda ishtirok etgan.
Hududlar bo‘yicha davomat quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 70,95 foiz;
- Andijon viloyatida 75,16 foiz;
- Buxoro viloyatida 71,29 foiz;
- Jizzax viloyatida 72,76 foiz;
- Navoiy viloyatida 70,93 foiz;
- Namangan viloyatida 74,98 foiz;
- Samarqand viloyatida 73,98 foiz;
- Sirdaryo viloyatida 70,98 foiz;
- Surxondaryo viloyatida 73,08 foiz;
- Toshkent viloyatida 66,03 foiz;
- Farg‘ona viloyatida 75,71 foiz;
- Xorazm viloyatida 67,24 foiz;
- Qashqadaryo viloyatida 73,54 foiz.
- Toshkent shahrida 62,39 foiz.
Hozirga qadar Vladivostok, Seul, Tokio, Kvanju, Shanxay, Pekin, Guanjou, Kuala Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida saylov natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayoni ketmoqda. Toshkent vaqti bilan 17:00 da Vashington va Nyu-York shaharlarida ovoz berish boshlandi.