O‘zbekistonda soat 8:00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga deputatlar saylovi boshlandi. Ovoz berish 20:00 gacha davom etadi.
Bu yilgi parlament saylovlari tarixda birinchi marta majoritar va proporsional tizimni o‘zida mujassamlashtirgan aralash tizimda o‘tkaziladi.
Birinchi bo‘lib O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi elchixonalari huzuridagi uchastkalar Toshkent vaqti bilan soat 4:00 da ochildi. Mamlakatning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari oldidagi uchastkalar dushanba kuni soat 5:00 da yopiladi.
Jami 40 ta mamlakatda 57 ta saylov uchastkasi ochilgan.
“Gazeta.uz” joriy saylov nimasi bilan farq qilishi, o‘z uchastkasini qayerda bilishi, deputatlar va partiya haqida, shuningdek, ovoz berish qanday o‘tishi haqida yo‘riqnoma e’lon qilgandi.