Tel-Aviv yaqinidagi “Glilot” harbiy bazasiga yaqin hududda avtobus bekatiga yuk mashinasi kelib urildi, oqibatda kamida 35 kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda The Times of Israel.

Olti kishining ahvoli og‘ir, 5 kishining ahvoli o‘rtacha og‘ir, 20 kishining tan jarohati yengil, yana 4 kishi stress holatida ekani aytiladi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning aksariyati 2023-yil 7-oktabrda HAMASning Isroilga hujumining bir yilligini xotirlash uchun yaqin atrofdagi muzeyga tashrif buyurish oldidan avtobusdan tushgan keksalardir.

Politsiya hodisani terakt deb taxmin qilmoqda. Yuk mashinasi haydovchisi yonida quroli bor fuqarolar tomonidan otib o‘ldirildi.