Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov boshlangandan beri 5 mln 900 ming 243 nafar saylovchi ovoz berganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 11:00 holatiga ko‘ra, saylovchilarning 29,58 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Saylovchilarning umumiy soni 19 944 859 nafarni tashkil etadi.

Ovoz berish ko‘rsatkichi hududlar kesimida quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25,61 foiz;
  • Andijon viloyatida 33,24 foiz;
  • Buxoro viloyatida 30,23 foiz;
  • Jizzax viloyatida 32,47 foiz;
  • Navoiy viloyatida 31,83 foiz;
  • Namangan viloyatida 29,74 foiz;
  • Samarqand viloyatida 30,02 foiz;
  • Sirdaryo viloyatida 34,63 foiz;
  • Surxondaryo viloyatida 29,47 foiz;
  • Toshkent viloyatida 25,86 foiz;
  • Farg‘ona viloyatida 34,90 foiz;
  • Xorazm viloyatida 33,27 foiz;
  • Qashqadaryo viloyatida 27,76 foiz.
  • Toshkent shahrida 21,19 foiz.

Hozirga qadar saylov uchastkalarida ovoz berish tartibini buzish yoki jarayonlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan jiddiy huquqbuzarliklar to‘g‘risida MSKga xabar kelib tushmadi, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmagan saylovchilar 16−23-oktabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etilgan.

Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida O‘zbekiston bo‘ylab 1 million 15 ming 948 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berganini ma’lum qilgan.