Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etganlar soni 47,62 foizni tashkil etdi, deb xabar berdi Markaziy saylov komissiyasi.

Soat 8:00 dan boshlab 19,944 milliondan ortiq saylovchilardan 9,498 millioni ovoz berdi.

saylov-2024

“Saylov bo‘lib o‘tgan deb topildi”, — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarov brifingda.

Saylov kodeksiga ko‘ra, saylovda kamida 33 foiz saylovchi ishtirok etgan bo‘lsa, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.

Hududlar bo‘yicha davomad quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 42,87 foiz;
  • Andijon viloyatida 48,12 foiz;
  • Buxoro viloyatida 44,01 foiz;
  • Jizzax viloyatida 53,41 foiz;
  • Navoiy viloyatida 46,83 foiz;
  • Namangan viloyatida 48,67 foiz;
  • Samarqand viloyatida 50,55 foiz;
  • Sirdaryo viloyatida 50,23 foiz;
  • Surxondaryo viloyatida 46,59 foiz;
  • Toshkent viloyatida 45,52 foiz;
  • Farg‘ona viloyatida 51,24 foiz;
  • Xorazm viloyatida 48,88 foiz;
  • Qashqadaryo viloyatida 49,12 foiz.
  • Toshkent shahrida 41,09 foiz.

Xorijdagi saylov uchastkalarida ovoz berish ma’lumotlari dushanba kuni e’lon qilinadi.