Siyosat

dayjest

O‘zLiDeP Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘rin oldi

O‘zbekistonda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP — 64 ta, “Milliy tiklanish” — 29 ta, “Adolat” — 21 ta, XDP — 20 va Ekopartiya esa 16 ta o‘ringa ega bo‘ldi.


dayjest

“Hali qilinadigan ishlar ko‘p”. Akmal Burxonov — parlament va kengashlardan kutilmalari haqida (video, foto)

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxanov saylov uchastkasiga qizi bilan birga keldi. “Gazeta.uz” bilan suhbatda u nima uchun saylovda qatnashayotgani, parlament ishidan qanchalik qoniqish hosil qilayotgani va uning yangi tarkibidan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.


dayjest

Dilshod Axatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Shveysariyadagi elchisi etib tayinlandi

2023-yil kuzidan beri O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan Dilshod Axatov ayni paytda Shveysariyaga ham elchi etib tayinlandi.


dayjest

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri etib tayinlandi

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbari etib tayinlandi.


dayjest

Deputatlik saylovida davomat 74,72 foizni tashkil etdi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72 foizi ovoz berganini ma’lum qildi.


dayjest

Markaziy saylov komissiyasi rahbari saylov uchastkalarida kuzatilgan ayrim kamchiliklar natijalarga ta’sir qilmasligini ta’kidladi

Saylov kuni uchastka saylov komissiyalarida ayrim kamchiliklar qayd etildi: pasportning telefondagi rasmi asosida ovoz berish imkoniyati, kabinalarda bir vaqtda bir necha kishi bo‘lgani va boshqalar. Zayniddin Nizomxo‘jayevning aytishicha, holatlar o‘rganildi va ular saylovning umumiy natijasiga ta’sir qilmaydi.


dayjest

“Saylovchilar yuqori siyosiy yetuklikni namoyon qila boshladi” — MDH missiyasi

MDHning O‘zbekistondagi deputatlik saylovini kuzatish missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylovlar ochiq, raqobat va adolatli o‘tganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, saylovchilar siyosiy yetuklik ko‘rsatib, nomzodlarning va’dalarini bajara olish-olmasligini to‘g‘ri baholay boshlagan.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 28−31-oktabr va 1−3-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati sovuq bo‘ladi. Haftaning o‘rtalaridan harorat ko‘tariladi, dam olish kunlariga borib esa mamlakat aholisi kunduzi issiq harorati taftidan bahramand bo‘ladi. Shu darajadaki, yakshanba kuni peshin vaqti yengil kiyimlarda ham yurish mumkin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.


dayjest

Maktab o‘quvchilari kuzgi ta’tilda ketma-ket 8 kun dam oladi

Maktab o‘quvchilari uchun 2-noyabr so‘nggi o‘qish kuni bo‘ladi. Ular 4-noyabrdan kuzgi ta’tilga chiqib, 10-noyabrgacha dam oladi.


dayjest

Komil Allamjonovga qurolli hujumda gumonlangan yana uch kishi ushlandi

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan yana uch shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi. Avvalroq bir gumonlanuvchi hibsga olingandi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda er-xotin va ularning mehmoni is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit qozonxona mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi.


dayjest

Vazirlar deputatga aylanadimi? Markaziy saylov komissiyasi raisi javob berdi

MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev proporsional saylov tizimi bo‘yicha partiyalar ro‘yxatida nomzodi ilgari surilgan vazirlar deputatga aylanishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi. Uning aytishicha, bu nomzodlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, ular 5 kun ichida MSKga o‘z qarori to‘g‘risida ariza berishi kerak.


dayjest

“Deputatda siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov poytaxtdagi 531-sonli saylov uchastkasida ovoz berdi. Parlament deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan vazirga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mavqeini jamiyat oldida yuksaltirish zarur. “Deputatda aynan siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart, deb o‘ylayman”, — dedi u.


dayjest

1-bosqich talabalariga to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

OTMlarda kontrakt yoki “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddatini uzaytirish masalasini OTM rahbari hal qiladi.


dayjest

Toshkentda oltin quymalari va xitoy tangalarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan 6 dona oltin quymasi, quyma tilla uzuk va 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar olib o‘tayotgan shaxs ushlandi. Buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi.


dayjest

Markaziy bank regulyator nomi bilan firibgarlik qilinayotganidan ogohlantirdi

Markaziy bank fuqarolarning onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi. Odamlarga regulyatorning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborilmoqda.


dayjest

“Umume'tirof etilgan moslamalar ishlab chiqilsa, keyingi saylovlarda qo‘llash rejamiz yo‘q emas”. MSK raisi onlayn ovoz berish tizimi haqida

MSK raisi dunyo bo‘ylab onlayn ovoz berish tizimida uning xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlamasdan ovoz berish dasturlari hali yetarli darajada ishlab chiqilmaganini ma’lum qildi. “Agar umume’tirof etilgan moslamalar bo‘lsa, keyingi saylov jarayonlarida qo‘llash rejamiz ham yo‘q emas”, — dedi u.


dayjest

Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Talab etilgan til sertifikatiga ega bo‘lib, ammo kvota doirasida magistraturaga tavsiya etilmagan talabgorlar OTMlar belgilaydigan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Qo‘shimcha qabul asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar tegishli oliygohga murojaat qiladi.


dayjest

Individual harakatlanish vositalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

MJTKga individual harakatlanish vositalari (velosiped, skuter, samokat va hokazo) va ularning elektron variantlari orqali sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.


Jahon

dayjest

“Turkmangaz” Rossiyaga gaz yetkazib berish to‘xtatilishi sababini tushuntirdi

“Turkmangaz” va “Gazprom” Turkmaniston gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirmadi, chunki tomonlar narx masalasida kelisha olmagan. “Gazprom” 2019-yilda “Turkmangaz” bilan besh yil muddatga — 2024-yil 30-iyungacha shartnoma tuzgandi.


dayjest

Moskvada migrantlar uchun elektron guvohnomalar joriy etiladi

2025-yildan Moskvada xorijiy fuqarolarga tajriba tariqasida elektron guvohnomalar berila boshlaydi. Unda fuqaro haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi. Bu, jumladan, jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqishga imkon beradi, deydi poytaxt meri.


dayjest

AQSh va YeI Gruziya saylovlaridagi qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqirdi

AQSh va Yevropa Ittifoqi Gruziyada o‘tgan parlament saylovlarida yo‘l qo‘yilgan barcha qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqirmoqda. Gruziya prezidenti esa saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va fuqarolarni norozilik namoyishlari o‘tkazishga chorladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!