Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari kuzgi ta’tilga 4-noyabr shanba kunidan chiqib, 10-noyabr yakshanba kunigacha dam oladi.

II chorak dars mashg‘ulotlari 2024-yil 11-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

O‘zbekiston maktablarida belgilangan ta’til kunlari

Kuzgi ta’til — 4-noyabrdan, 6 kalendar kun;

Qishki ta’til — 28-dekabrdan, 14 kalendar kun;

Bahorgi ta’til — 21-martdan, 7 kalendar kun.

Agar ta’tilning oxirgi kuni bayramga (ishlanmaydigan kunlarga) to‘g‘ri kelsa, darslar keyingi kundan boshlanadi.

Fevral oyida birinchi sinf o‘quvchilari uchun 7 kunlik qo‘shimcha ta’tilga ham chiqadi.