O‘zbekistonda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi uchun Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi 34,75 foiz ovoz to‘plab, 26 ta, “Milliy tiklanish” partiyasi 18,82 foiz bilan 14 o‘rin, Ekologik partiyasi 13,12 foiz bilan 10 ta o‘rin, Xalq demokratik partiyasi 17,11 foiz bilan 13 ta o‘rin va “Adolat” partiyasi 16,20 foiz bilan 12 ta o‘rin oldi.

Bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha esa O‘zLiDeP 38 ta, “Milliy tiklanish” 15 ta, Ekopartiya 6 ta, XDP 7 ta va “Adolat” 9 ta o‘ringa ega bo‘ldi.

Partiyalarning Qonunchilik palatasidagi umumiy soni esa quyidagicha bo‘ldi:

  • O‘zLiDeP — 64 ta;
  • “Milliy tiklanish” — 29 ta;
  • “Adolat” — 21 ta;
  • XDP — 20;
  • Ekopartiya — 16 ta.