Vladimir Jollibekov 28-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat olib borgan.

Jollibekov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, ushbu vazirlik rahbari hamda BAAdagi O‘zbekiston elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.