27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari deputatlari saylovida ro‘yxatga olingan 19 million 944 mingdan ortiq saylovchidan 15 million 27 ming 529 nafari, ya’ni 74,72 foizi ovoz berdi.

Bu ma’lumotni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev dushanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan brifingda e’lon qildi.