Siyosat

dayjest

Vazirlik va idoralar xodimlari soni yana qisqartirilmoqda

Prezident qarori bilan vazirlik va idoralarning rahbar va ishlab chiqarish xodimlari soni yana 2845 taga (5,2 foiz) qisqartirilmoqda. Hokimliklarning boshqaruv apparati xodimlari soni ham kamaytiriladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Yandex Eats Express24 aktivlarini sotib olgach, bozorning 87,5 foizini nazorat qiladi — Raqobat qo‘mitasi

Yandex Eats Express24 bilan tuzgan bitimdan so‘ng ovqat yetkazib berish agregatori xizmatlari bozorining 87,5 foizini nazorat qiladi. Raqobat qo‘mitasi mazkur bitim monopoliyaga qarshi organ bilan oldindan kelishish talabiga tushmasligini qayd etdi.


dayjest

2025-yilda qaysi soliqlar mahalliy budjetga yo‘naltiriladi?

2025-yil mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirish uchun ular ixtiyorida qoladigan soliq tushumlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i, aylanmadan soliq hamda qisman jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobiga amalga oshiriladi.


dayjest

O‘zbekiston aholisining real daromadlari statistikasi yaxshilandi

To‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, aholining real daromadlari 7,7 foizga o‘sdi, bu 2023-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan yuqori. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 15,5 foizga (inflyatsiyani hisobga olgan holda — 5,5 foizga) o‘sib, 17,4 mln so‘mni tashkil etdi.


dayjest

Xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytiriladi

Prezident qarori bilan xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytirilishi belgilandi. Agentliklar ushbu mablag‘ni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishi mumkin.


dayjest

2025-yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda

2025-yilda davlat nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda. Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.


dayjest

Davr Bank tashqi reklamadagi kamchiliklar uchun moliyaviy jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Davr Bank ATBga nisbatan mikrokredit bo‘yicha tashqi reklamada aniq ma’lumotlarni keltirmagani uchun moliyaviy jarima qo‘llashga qaror qildi.


Jamiyat

dayjest

Elektroskuter va samokatlarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

Elektroskuterlar, shuningdek, elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar kuchga kirdi. Bu vositalar yorug‘lik qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Ularda yo‘lovchi tashish taqiqlandi.


dayjest

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 13 yoshli bola ruhiy nosog‘lom qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum bolaning qo‘liga pichoq berib, uni o‘ldirishini so‘rab qo‘rqitgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

“O‘zbekkonsert” tashkilotni ogohlantirmay xorijda konsert beradigan san’atkorlarning litsenziyasini to‘xtatishini ma’lum qildi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkorlarga O‘zbekistondan tashqarida konsertlar o‘tkazishdan avval tashkilotni yozma ravishda xabardor qilish shartligini eslatdi. Talablarni buzganlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.


dayjest

Toshkent tumanidagi 43 mingga yaqin xonadon 10 soat davomida gazdan uziladi

Toshkent tumanidagi 42 ming 948 ta xonadon 10 soat davomida gaz ta’minotidan uziladi. Bu vaqtda gaz tarmoqlaridagi yozgi diafragmalar qishki diafragmalarga almashtiriladi.


dayjest

Soychaga ichimlik suv keldi. Qanday qilib?

Namangan viloyatidagi shu vaqtgacha ichimlik suv masalasida muammolari bo‘lgan Soycha qishlog‘ida 2 mln dollarlik xalqaro loyiha doirasida suv infratuzilmalari qurildi. U o‘nlab qishloqlar orasidan bir necha mezonlarga ko‘ra tanlab olingan. Loyiha 2026-yilga qadar davom etadi.


dayjest

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.


dayjest

“Mahalla yettiligi” tizimida 51 ming nafar xodim faoliyat yuritmoqda — Qahramon Quronboyev

Hozir O‘zbekistonda jami 9452 ta mahalla mavjud. Qahramon Quronboyevga ko‘ra, aholini boshqarish uchun yaratilgan “mahalla yettiligi” tizimi dunyoning birorta davlatida yo‘q. “Bugungi kunda 51 137 nafar xodim yettilikda faoliyat yurityapti”, — dedi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi.


Sport

dayjest

Rodri “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

France Football Rodrini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qildi va unga “Oltin to‘p” sovrinini topshirdi. So‘nggi kunlargacha bu sovrinni Vinisius Junior olishi kutilayotgandi. Lamin Yamal eng yaxshi yosh futbolchi, Emiliano Martinez esa yana eng yaxshi darvozabon bo‘ldi.


dayjest

Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchi Abbosbek Fayzullayev OFK tomonidan erkaklar orasidagi eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi.


dayjest

Bokschi Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarimengil vaznda vaqtinchalik WBA kamari uchun meksikalik Rikardo Espinosaga qarshi jang qiladi. Uchrashuv dekabr oyida Monakoda bo‘lib o‘tadi.


Jahon

dayjest

Naim Qosim “Hizbulloh"ning yangi yetakchisi bo‘ldi

Naim Qosim “Hizbulloh” guruhining yangi bosh kotibi etib saylandi. 71 yoshli rahbar 30 yildan ortiq harakat yetakchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.


dayjest

Isroilda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi faoliyatini taqiqlovchi qonun ma’qullandi

Isroil parlamenti 90 kun ichida mamlakatda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Agentlik hamda xalqaro tashkilotlar bu harakat “xavfli pretsedent yaratishi” va “BMT nizomiga zidligi"ni bildirmoqda.


dayjest

Gruziyada parlament saylovlariga qarshi norozilik aksiyasi bo‘ldi

Gruziyada parlament saylovi natijalariga qarshi bir necha yuzlab kishilar norozilik namoyishini o‘tkazdi. Unda prezident ham qatnashib, xalqaro yetakchilar bilan gaplashgani va suhbatdoshlari ham natijalarni tan olmaganini aytdi. Aksiyada asosiy talab xalqaro tashkilotlar kuzatuvida yangi saylov o‘tkazish bo‘ldi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!