Jizzaxning Zarbdor tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi 8,6 milliard so‘m elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar qildi.

Nazorat tadbirida “R.G.M.” MCHJga qarashli “zapravka” elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 milliard 677 million so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.