Livanning “Hizbulloh” guruhi Isroil aviazarbasi oqibatida sobiq rahbari Hasan Nasrulloh o‘ldirilganidan keyin Naim Qosim yangi rahbar etib saylaganini e’lon qildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Aytilishicha, Sho‘ro kengashi shayx Naim Qosimni yangi bosh kotib etib saylagan. Guruh vakillari o‘ldirilgan Hasan Nasrullohning “g‘alabaga erishilmaguncha” nomli siyosatini davom ettirishini ma’lum qildi.
Naim Qosim 71 yoshda bo‘lib, Nasrullohning o‘limidan so‘ng u “Hizbulloh” rahbari vazifasini bajardi. U Bayrut universitetini tamomlagan va 1982-yilda “Hizbulloh” asoschilaridan biriga aylangan. 1991-yildan harakat rahbarining o‘rinbosari bo‘lgan.
Hasan Nasrulloh 1992-yildan buyon “Hizbulloh”ga rahbarlik qilib kelayotgandi. U 27-sentabr kuni Bayrutga Isroil havo hujumi sababli halok bo‘lgan.
Uning o‘limidan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu oktabr oyida “Hizbulloh” guruhi ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiddin o‘ldirilganini tasdiqladi. U guruhning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohga voris sifatida ko‘rilardi.