O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev (12−1, 9 KO) meksikalik Rikardo Espinosa Franko (30−4, 25 KO) bilan chempionlik jangini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda World of boxing promotions promouterlik kompaniyasi.

Bokschilar birinchi yarimengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun jang qiladi. Uchrashuv 14-dekabr kuni Monte-Karloda (Monako) bo‘lib o‘tadi.

бокс, мuроджон аҳмадалиев, рикардо эспиноса

O‘tgan yilning aprel oyida 29 yoshli o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev yengil vazn toifasida WBA va IBF kamarlaridan mahrum bo‘lib, filippinlik bokschi Marlon Tapalesga (39−4, 20 KO) yutqazib qo‘ygandi. Dekabr oyida u sakkizinchi raundda meksikalik Kevin Gonsalesni (27−1−1, 14 KO) nokautga uchratib, WBA chempionligi unvoni uchun majburiy da’vogarga aylandi.

WBA uni Naoya Inouega (28−0, 25 KO) qarshi jang o‘tkazishini rejalashtirgandi, ammo keyinchalik unvonni himoya qilish uchun sentabr oyida yaponiyalik bokschi Ti Djeya Doeniga (26−4, 20 ko) qarshi jang qilishga ruxsat berdi. Naoya Inoue esa 24-dekabrda IBF va WBO reytingida birinchilikda turgan Sem Gudman bilan uchrashadi (19−0, 8 KO).

Murodjon Axmadaliyev 1994-yil 2-noyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U havaskor boksda Osiyo chempioni (2017), jahon chempionatining 2-o‘rin sohibi (2015) va 2016-yilgi Olimpiadaning bronza medali sovrindoridir. Shuningdek, u 8 ta jangda ikkita (IBF va WBA) chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yagona sportchi bo‘lib turibdi.