Ko‘rgazmada Changan avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori — Changan Auto Distribution kompaniyasi ishtirok etdi. Tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilarga UNI-K, UNI-T, CC55 PLUS krossover modellari va UNI-V sedani taqdim etildi.
Yaqin kunlarda O‘zbekistonda UNI-V, UNI-K va CC55 PLUS modellarining rasmiy taqdimoti va sotuvining boshlanishi rejalashtirilgan.
UNI-V sport uslubi va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtiradi. 1,5 litrli Blue Core dvigateli 181 ot kuchiga ega bo‘lib, avtomobilni 7,1 soniyada 100 km/soatgacha tezlikka oshiradi. Zamonaviy liftbek kuzov va yashirin ushlagichlar jo‘shqin xususiyatni ta’kidlaydi. Salon ventilyatsiya va manzarali tom qismiga ega bo‘lib, eko-charmdan ishlangan perforatsiyalangan o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Intellektual tizimlar safarlarda qulaylik va xavfsizlikni kafolatlaydi.
Yo‘ltanlamas UNI-K — bu 226 ot kuchiga ega ikki litrli turbo dvigateli bo‘lib, 8,8 soniyada 0−100 km/soatiga tezlanadi va 8-pog‘onali AISIN uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Dizayni ramkasiz panjara va LED optikasi bilan ajralib turadi. Premium salon Nappa charmidan ishlangan, panoramali tom intererni yorug‘lik bilan to‘ldiradi.
CC55 PLUS — qulay, tejamkor, ixcham va yo‘ltanlamas. Blue Core dvigateli 181 ot kuchiga ega, 100 km uchun yonilg‘i sarfi 5,9 litrdan boshlanadi va 7,9 soniyada 100 km/soatgacha tezlanadi. LED elementlari va kuchaytirilgan amortizatorli dizayni bilan ajralib turadi. Salonda PM 0.1 mikrozarralar filtriga ega iqlim-nazorat tizimi va Pioneer akustik tizimi o‘rnatilgan. 12,3-dyuymli displey va 360 gradusli ko‘rish tizimi qulaylikni ta’minlaydi.
Changan zamonaviy dizayn, ilg‘or texnologiyalar va yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etgan avtomobillarni O‘zbekiston bozoriga olib chiqmoqda. Yaqin vaqt ichida UNI-V, UNI-K va CC55 PLUS modellari rasman dilerlik tarmog‘larida sotuvga chiqariladi.
Kutilayotgan narxlar: UNI-K 409,9 mln so‘mdan, UNI-V — 314,9 mln so‘m, CC55 PLUS 299,9 mln so‘mdan.
Changan Auto Distribution tomonidan taqdim etilgan avtomobillarining texnik xususiyatlari va mavjud komplektatsiyalari bilan changan.uz saytida tanishish mumkin.
Sayt: changan.uz
Facebook: fb.com/Changan-Uzbekistan
Instagram: :@changanofficial.uz
YouTube: @changanautouz
Reklama huquqlari asosida.