30-oktabrda Uzum Bank O‘zbekiston fuqarolariga Visa xalqaro to‘lov tizimining Uzum virtual kartasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
Uzum Ilovasida Visa kartani rasmiylashtirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, xizmat ko‘rsatish va kartani to‘ldirish esa bepul. Sinov davrida 250 mingdan ortiq aholi Uzum kartasini allaqachon ochgan va undan faol foydalanmoqda.
Uzum karta do‘konlar va onlayn-xizmatlarda xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish, keshbek olish, pul o‘tkazish va naqd pul yechib olish imkonini beradi. 2024-yil 31-dekabrga qadar UZCARD va HUMO kartalariga oyiga 100 million so‘mgacha o‘tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirish mumkin. Uzum kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari — bepul.
Tez orada Uzum Bank mijozlari nafaqat virtual, balki Uzum plastik kartasiga ham buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi. U raqamli versiyaning afzalliklarini saqlab qolgan holda, offlayn operatsiyalar, jumladan, mamlakat va xorijda to‘lov qilish hamda naqd pul yechib olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Uzum karta raqamli servislar ekotizimimizning moliyaviy markaziga aylanadi. Bu “Uzum Bank”ning birinchi mahsuloti bo‘lib, biz uni o‘z IT-infratuzilmamiz asosida ishlab chiqdik va kengaytirmoqdamiz. Biz uchun O‘zbekiston aholisi ehtiyojlariga mos keladigan texnologik servis yaratish juda muhim. Buning uchun yopiq sinov o‘tkazib, mijozlarning fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda mahsulotni to‘liq ishlab chiqdik, biz respublikaning barcha aholisi uchun kartani rasmiylashtirishdan mamnunmiz”, – deydi Uzum Fintech bosh direktori Yegor Abramets.
Mijozlar Uzum kartani mavjud limitdan 25 million so‘mgacha mikroqarz orqali to‘ldirishlari hamda undan odatiy pul sifatida — xaridlar uchun to‘lov, pul o‘tkazish va naqd pul yechib olishda foydalanishlari mumkin. Visa asosidagi Uzum kartasi Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya qilingan. Bu orqali bank mijozlari Uzum ekotizimining barcha afzalliklari va maxsus takliflaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga qarashli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar uchun to‘lovlar maishiy to‘lovlarni amalga oshiradi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga nasiya va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limit va qulay to‘lovlardan foydalanish, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan esa Uzum ekotizimining qo‘shimcha bonuslari va afzalliklaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.
Reklama huquqlari asosida.