UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 mln so‘mga qimmatroq bo‘ladi. Shu bilan birga, mavjud modifikatsiyaning ishlab chiqarilishi va sotuvi davom etadi, uning narxi esa o‘zgarishsiz qoladi (Cobalt GX-Style ATPlus — 147 916 000 so‘m).

Skrin: Chevrolet.uzSkrin: Chevrolet.uz

“Birinchi bosqichda yangi modifikatsiya tashqi ko‘rinishini yaxshilovchi detallari bilan ajralib turadi, ularga qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar kiradi. Keyingi bosqichlarda esa interer qismi bo‘yicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Sotuvlar boshlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot keyinchalik e’lon qilinadi.

Mart oyida UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari narxini 3,5−6,7 foiz oralig‘ida oshirgandi.