Siyosat
MSK Oliy Majlisga yangi saylangan deputatlarni ro‘yxatga oldi
Yakshanba kungi saylovlar natijasida parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlar tarkibi deyarli 60 foizga yangilandi. Quyi palata deputatlarining 38 foizini ayollar tashkil etdi (O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich). Unga ilk bor 3 nafar, kengashlarga esa — 138 nafar nogironligi bor shaxs saylandi.
Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi kimyoviy mahsulotlar texnoparki va “Universal filter” sanoat zonasini borib ko‘rdi
Karmana tumanida qurilayotgan 130 gektarlik “Zarafshon industrial technology” texnoparkida qiymati 1 mlrd dollardan ortiq 18 ta loyiha bajarilishi reja qilingan. Prezident unda ekologiya talabiga e’tibor berishni buyurdi. Shuningdek, “Universal filter” korxonasidagi mahalliy mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.
Davlat chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat chegara zonasiga kirish-chiqish, undan o‘tish, u yerda bo‘lish hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Iqtisodiyot
2025-yilda qaysi soliqlarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda?
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi: bazaviy soliq stavkalari saqlanib qoladi, lekin import qilinadigan gaz uchun aksiz solig‘i qaytariladi, qat’iy belgilangan soliq stavkalari, marketpleyslar, suv va boshqalar uchun soliqlar oshiriladi.
O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?
2025-yilda O‘zbekistonda davlat dasturlarini moliyalashtirishni 24,2 trln so‘mga (+5,8%) oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi xarajatlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari uchun to‘garaklar tashkillash, bog‘chalarda Face-ID tizimini joriy etish, futbolni ommalashtirish uchun ko‘chma TV-stansiya sotib olish bor.
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalar kiritdi
AQSh O‘zbekistondagi ikkita kompaniya — Uzstanex va The Elite Investment Group`ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular Rossiya kompaniyalariga elektr transformatorlarini yetkazib berganlikda ayblangan.
Global amaliyotda ekoturizm nima va O‘zbekiston uni qanday rivojlantirishi mumkin?
Ekoturizm deganda jahon amaliyotida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, tabiat qo‘ynida dam olish tushuniladi. Chetda ekoturizm qanday rivojlantirilyapti, bu borada kim ilg‘or, O‘zbekistonda uni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin — Atlas konsalting kompaniyasining “Gazeta.uz” uchun maxsus sharhi shu haqda.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Regulyator inflyatsiyani oshiruvchi bosimlar saqlanib qolayotganini qayd etdi. Yil yakunida umumiy inflyatsiyaning 9,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Jamiyat
Issiqlik ta’minotiga qachon start beriladi? Aslida qachon berilishi kerak?
O‘zbekiston shaharlarida issiqlik ta’minoti yoqilishi uchun havo harorati ketma-ket 5 kun +8 darajadan past bo‘lishi shartmi? Bu qoida qayerdan olingan? Unga so‘zsiz rioya etiladimi? Qo‘shni davlatlarda qanday? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun shu kabi savollarga javob izladi.
Cobalt Midnight hozirgisidan 7,3 mln so‘m qimmatroq bo‘ladi
Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi — Cobalt Midnight hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 mln so‘m qimmatroq bo‘ladi. Birinchi bosqichda yangi modifikatsiyada yoritish tizimi va g‘ildirak disklari qoramtir tusda bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda esa interer qismi bo‘yicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.
Noyabr oyining boshlanishi iliq, keyingi haftalari sovuq bo‘ladi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda noyabr oyining boshida iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +20 darajagacha isishi mumkin. 8−10-noyabrdan boshlab kunlar sovib, harorat kunduzi +12, kechasi −5…−0 darajagacha tushadi. Yog‘ingarchilik oktabrdagidan ko‘proq, davomiy va jadal bo‘ladi.
O‘zbekistonning uchta hududida fuqarolarni AQSh, Koreya, Yaponiyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Samarqandda AQShga jo‘natish uchun uy-joy, Jizzaxda Janubiy Koreyaga yuborishga — 12,600 dollar talab qilganlar qo‘lga olindi. Shu kabi holat Toshkentda ham sodir bo‘ldi. Firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari 15 foizga oshirildi
Toshkent shahar hokimi aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari tariflarini 15 foizga oshirish qarorni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi vodorod peroksidi ishlab chiqariladigan korxona faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston prezidenti Navoiy viloyatiga tashrifi avvalida Uzbekistan hydrogen peroxide qo‘shma korxonasi bilan tanishdi. U yerda vodorod peroksidi ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, import o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi
O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 7 nafar shaxs esa jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilgani uchun javobgarlikka tortildi.
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit janjallashdi, ulardan biri vafot etdi
Navoiy Konimex tumanida 10 nafar yigit kelishmovchilik ortidan cho‘lga borib janjallashdi. Oqibatda ulardan biri boshqasini pichoqlab o‘ldirdi.
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbon bor
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 74 yoshli fuqaro vafot etdi.
UNICEF’ning O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlili nimalarni ko‘rsatib berdi?
UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan.
Surxondaryoda 17 yoshli qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi
Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlari rag‘batlantiriladi
Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya vazifalari belgilanmoqda. Shuningdek, xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda.
Surxondaryoda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi
Surxondaryo viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Samarqandda avtobus traktor tirkamasiga urildi. Avtobus yo‘lovchisi jarohatlandi
Narpay tumanida Yutong avtobusi qayrilib olayotgan traktorning tirkamasiga borib urildi. Hodisadan so‘ng avtobusning bir yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi
Prezident Navoiyga tashrifi chog‘ida 1100 gektar maydonda qurilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi birinchi bosqichining borishi bilan tanishdi. Shaharchada balandligi 7 dan 22 qavatgacha bo‘lgan uylar, 4170 o‘rinli maktablar, 1620 o‘rinli bog‘chalar va poliklinika, shuningdek, bog‘ va pedinstitutning yangi binosi quriladi.
Jahon
Ispaniyada kuchli suv toshqinlari oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari 60 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Hukumat uch kunlik motam e’lon qildi.
Rossiya aviabombasi oqibatida Xarkovda 34 kishi yaralandi, 2 kishi halok bo‘ldi
Tunda Rossiya qo‘shinlari Xarkovga aviabomba tashladi. To‘qqiz qavatli binoning ikki qavati vayron bo‘ldi. Hozirgacha 34 kishi yaralangani, ikki kishi, jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘lgani ma’lum.
Germaniya Eronning mamlakat hududidagi barcha bosh konsulxonalarini yopmoqda
Germaniya hukumati Eronning Frankfurt, Gamburg va Myunxendagi konsulliklarini yopishga qaror qildi. Bu Eron va Germaniya fuqaroligiga ega Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishiga javoban amalga oshirilmoqda.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!