Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari ko‘tarildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining 31-oktabrdagi qarorida ma’lum qilingan. Hujjat payshanba kuni kuchga kirdi, ilgari buning uchun qaror imzolangandan so‘ng 15 kun talab etilardi.

Aholi uchun isitish va issiq suvning yangi chakana tarifi 15 foizga oshdi — 105 754 so‘m/Gkal o‘rniga 121 617 so‘m/Gkal bo‘ldi. Bundan oldingi narx o‘sishi joriy yilning 2-aprelida — avvalgi isitish mavsumi yakunlangandan so‘ng ro‘y bergandi.

Yuridik shaxslar uchun tarif ham 15 foizga — Gkal uchun 212 606 so‘mdan 244 497 so‘mgacha ko‘tarildi. Oxirgi marta narx oshishi 2023-yil oxirida kuzatilgandi.

Budjet tashkilotlari uchun tarif o‘zgarmadi — 1 Gkal uchun 801 963 so‘m bo‘lib qoldi.

Issiq suv narxi esa aholi uchun quyidagicha bo‘ladi:

issiqlik ta’minoti, narxлар, тошкент

Yangi tariflar 2024-yil 15-noyabrda kuchga kiradi.

Oldindan to‘langan to‘lov miqdoriga, to‘lov vaqtida amal qilgan tarif qo‘llaniladi. Bunda oldindan to‘lov muddati 12 oydan oshmasligi kerak. (2014-yil 15-iyuldagi 194-son VMQ).

2024-yilning fevral oyida Veolia Energy Tashkent kompaniyasi kengashga Toshkent aholisining issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini 15 foizga oshirishni taklif etgandi. Korxona rahbarining ta’kidlashicha, shahar aholisi asosiy tarifning atigi 14 foizini to‘laydi, qolgan qismi esa shahar b yudjetidan subsidiyalar sifatida qoplanadi.

Kengash 12-sentabrda issiq suv tariflarini ham o‘z ichiga olgan holda narxlarni oshirishni ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt budjeti xarajatlarining to‘rtdan bir qismi aholi uchun pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi tufayli issiqlik ta’minoti korxonalarining zararlarini qoplashga sarflanmoqda. 2024-yilda bunga 1,97 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu 2023-yil prognoziga nisbatan (1,6 trillion so‘m) 22,8 foiz ko‘pdir.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov ilgari “Gazeta.uz” nashriga O‘zbekiston shaharlarida isitish tizimini yoqish uchun harorat besh kun davomida +8 darajadan past bo‘lishini kutish qoidasi qayerdan kelib chiqqani haqida so‘zlab bergan.