Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida valyuta kursi va oltin narxidagi o‘zgarishlarning inflyatsiyaga ta’siri bo‘yicha savolga javob berdi.

“Biz valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’sirini, albatta, o‘rganamiz. Bizning oxirgi hisob-kitoblarimiz bo‘yicha, valyuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkin”, — dedi Markaziy bank raisi.

Mamarizo Nurmuratovga ko‘ra, regulyator 2025-yilda oltin narxining keskin pasayishini kutmayapti.

“Bevosita oltin narxiga kelsak, oltin narxi va inflyatsiyani bevosita bog‘lash degan joyimiz yo‘q. Lekin oltindan tushadigan valyuta mablag‘larini ichki bozorda sotishning valyuta kursiga, albatta, ta’siri bo‘ladi. Kelgusi yilda oltin narxi hozirgidan qisman pasayishini kutyapmiz. Lekin keskin pasayishni kutayotganimiz yo‘q”, — dedi u.

2024-yilda oltin kotirovkalari unsiyasi uchun 2004 dan 2762,8 dollargacha oshdi (+37,9 foiz).

Skrinshot: Investing.comSkrinshot: Investing.com