Andijon viloyati Asaka tumanida hojatxonaga tushib ketgan qizaloq qutqarildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 31-oktabr kuni soat 17:33 da Nurafshon mahallasidagi uylardan birida sodir bo‘lgan. 2023-yilda tug‘ilgan qiz ehtiyotsizlik oqibatida hojatxonaga tushib ketgan.
Qutqaruvchilar murojaat tushgan manzilga yetib borib, asbob-anjomlar yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqqan. U tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.