Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yuridik shaxs tomonidan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlariga chek qo‘ydi, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi.

Tashkilot Samarqand mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining qirg‘oqbo‘yi hududida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan. Tabiatga yetkazilgan zarar 273 milliard 802 million 688 ming so‘mni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, bu tashkilot avval ham ogohlantirilgan va javobgarlikka tortilgan. Ish yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Prezidentning 17-yanvardagi “Suv omborlarida metall bo‘lmagan materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Chirchiq, Sirdaryo, Sanzor, Zarafshon, Norin daryolari o‘zanlarida metall bo‘lmagan materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy e’lon qilingan. Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida 1-maydan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari suviga ham amal qiladi. Moratoriy davrida ushbu faoliyat oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan summalar 10 barobar oshadi.