2024-yil oktabr oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda 0,84 foizlik rekord darajada past inflyatsiya kuzatildi, deya xabar berdi prezident huzuridagi Statistika agentligi.

Bu so‘nggi 14 yildagi eng past ko‘rsatkich. Kamida 2010-yildan beri (Statistika agentligining veb-saytidagi ma’lumotlar shu yildan boshlab mavjud), bu oyda inflyatsiya hech qachon 1 foizdan pastga tushmagan.

inflyatsiya, статистика, статистика agentligi

Yillik inflyatsiya (2023-yilning oktabriga nisbatan) 10,24 foizgacha pasaydi (bir oy avval bu ko‘rsatkich 10,46 foiz edi), yil boshidan beri esa (yanvar-oktabrda) narxlar o‘rtacha 7,67 foizga oshdi. O‘zbekiston Markaziy banki yil davomida inflyatsiya 9,5 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 foizga oshdi (yillik hisobda 2,4 foizga). Nooziq-ovqat tovarlari 0,7 foizga (8,1 foiz), pullik xizmatlar narxlari 0,8 foizga (28,7 foiz) qimmatladi.

Go‘sht narxining o‘sishi sekinlashdi: suyakli mol go‘shti 0,8 foizga (sentabrda 3,1 foizga, avgustda 5,3 foizga oshgandi), qo‘y go‘shti esa 1,2 foizga (sentabrda 2,8 foiz, avgustda 4,9 foiz). Yil boshidan buyon mol go‘shti 11,7 foizga, qo‘y go‘shti 12,3 foizga qimmatladi.

Tuxum yana 1 foizga (yillik hisobda 22,9 foizga arzonladi), kungaboqar yog‘i 2,3 foizga (yil davomida +3,4 foiz), sut 0,9 foizga (+4,2 foiz) qimmatladi. Shakar 1,2 foizga (yil davomida +2,7 foiz), guruch 2,9 foizga (+0,4 foiz), un 0,2 foizga (-2,6 foiz) arzonladi.

Oktabr oyida bodring narxi 33,2 foizga, bulg‘or qalampiriniki 21,5 foizga, pomidorniki 16,5 foizga, sabziniki 2,1 foizga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oy davomida kartoshka 1,5 foizga, lavlagi 1,6 foizga, piyoz 2,5 foizga, limon 5,3 foizga, olma 8,3 foizga arzonlagan. Yillik hisobda kartoshka narxi 17,6 foizga oshdi.

Manba: Statistika agentligiManba: Statistika agentligi

Oktabr oyida alkogolli ichimliklar narxi 1,7 foizga, tamaki mahsulotlari narxi esa 1 foizga oshdi.

Ketma-ket ikkinchi oy ijara haqi 1 foizdan ko‘proqqa oshishi kuzatilmoqda. Oktabr oyida respublikada uy-joy ijarasi o‘rtacha 1,9 foizga qimmatladi.

Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etmoqda, oktabr oyida bu ko‘rsatkich yana 1,2 foizga oshdi (yil boshidan buyon 25,4 foizga).

Oktabr oyida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlarining oshishi qayd etildi. Propan narxi o‘sishda davom etmoqda (buning sabablari haqida) — 1,2 foiz (yil davomida 48,6 foiz).

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy davomida metan 0,2 foizga (yil davomida — 20,8 foizga), benzin 1,5 foizga (+10,5 foizga) qimmatlagan.

Temir yo‘l chiptalari o‘rtacha 0,1 foizga (yil davomida +45,4 foiz) qimmatladi, aviachiptalar esa 0,3 foizga (+8,2 foiz) arzonladi.

Oy davomida mobil operatorlar xizmatlari narxi 3,2 foizga oshdi.

Xususiy bolalar bog‘chalari xizmatlari oy davomida 1,6 foizga qimmatladi (yil davomida 12,7 foiz).

Oy davomida kafelardagi narxlar 1,8 foizga (yil davomida — 12,6 foiz), oshxonalar va shunga o‘xshash muassasalarda 0,8 foizga (+12,7 foiz) oshdi.